Anhor Park, Toshkent

info@imanchoco.uz

(+99890)-919-30-10

Ish vaqti: Har kuni 09:00 dan 18:00 gacha

ichocomuseum

Shokoladning sirli olamini kashf etamiz!

TARIX, SAN’AT VA TA’M BIR JOYDA – BARCHASI SHOKOLAD MUZEYIDA!

Bundan bir necha yillar avval har bir kishi shokolad mo‘jizasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishini orzu qilgandik. Oradan vaqtlar o‘tib, orzularni ro‘yobga chiqardik va Shokolad Muzeyi o‘z faoliyatini boshladi. Muzeyimiz tarixi ana shu muhabbat va qat’iyatdan boshlanadi. Muzeyning asosiy maqsadi har bir mehmonga shokolad olamining tarixini, san’atini va sehrini namoyish etish, ularga unutilmas taassurotlar ulashishdir.

Muzeydagi interaktiv tajribalar


Shokolad Muzeyi nafaqat tomosha qilish, balki ishtirok etish imkonini ham beradi.

Birinchi interaktiv zona – shokolad tayyorlash ustaxonasi. Qandolatchilarimiz ko‘rsatmasi asosida kakaoni eritib, qoliplarga quyasiz va o‘zingizning ilk “shirin asaringiz”ni yaratasiz.

Fotozona esa sizga va do‘stlaringizga unutilmas xotiralar hadya etadi. Shaharning qoq markazida Toshkentning butun bo‘y bastini his etish uchun Fotozona eng maqbul joy.

Muzeyning yana bir burchagida kichik kakao bog‘chasi joylashgan bo‘lib, u yerda kakao daraxtining o‘sish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Mehmonlar muzeyda “Iman Chocolate and fruits” kompaniyasi tomonidan maxsus sovg‘alar olishi, shuningdek o‘ziga yoqqan shokoladlardan xarid qilishi mumkin.

MUZEYGA KIRISH NARXLARI


MAHALLIY MEHONLARGA

Kattalar uchun

XORIJIY MEHONLARGA

Kattalar uchun

MAXSUS TAKLIF

Master-klass

Biz haqimizda