

Muzeydagi interaktiv tajribalar
Shokolad Muzeyi nafaqat tomosha qilish, balki ishtirok etish imkonini ham beradi.
Birinchi interaktiv zona – shokolad tayyorlash ustaxonasi. Qandolatchilarimiz ko‘rsatmasi asosida kakaoni eritib, qoliplarga quyasiz va o‘zingizning ilk “shirin asaringiz”ni yaratasiz.
Fotozona esa sizga va do‘stlaringizga unutilmas xotiralar hadya etadi. Shaharning qoq markazida Toshkentning butun bo‘y bastini his etish uchun Fotozona eng maqbul joy.
Muzeyning yana bir burchagida kichik kakao bog‘chasi joylashgan bo‘lib, u yerda kakao daraxtining o‘sish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.
Mehmonlar muzeyda “Iman Chocolate and fruits” kompaniyasi tomonidan maxsus sovg‘alar olishi, shuningdek o‘ziga yoqqan shokoladlardan xarid qilishi mumkin.
MUZEYGA KIRISH NARXLARI
MAHALLIY MEHONLARGA
Kattalar uchun
50 000 so’m
muzeyda ekskursiya qilish
75 000 so’m
muzeyda ekskursiya qilish, kompaniyaning qadoqlangan shokoladidan olish va gid xizmatidan foydalanish
Bolalar uchun
40 000 so‘m
muzeyda ekskursiya qilish
50 000 so’m
muzeyda ekskursiya qilish, kompaniyaning qadoqlangan shokoladidan olish va gid xizmatidan foydalanish
XORIJIY MEHONLARGA
Kattalar uchun
100 000 so’m
muzeyda ekskursiya qilish, kompaniyaning qadoqlangan shokoladidan olish va gid xizmatidan foydalanish
Bolalar uchun
50 000 so‘m
muzeyda ekskursiya qilish, kompaniyaning qadoqlangan shokoladidan olish va gid xizmatidan foydalanish
MAXSUS TAKLIF
Master-klass
150 000 so’m
kompaniya mutaxassislari ishtirokida shokolad tayyorlash bo‘yicha master-klass xizmati ko‘rsatiladi.

Biz haqimizda
- Bundan bir necha yillar avval har bir kishi shokolad mo‘jizasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishini orzu qilgandik. Oradan vaqtlar o‘tib, orzularni ro‘yobga chiqardik va nihoyat, Shokolad Muzeyi o‘z faoliyatini boshladi. Bu orzuning ortida katta mehnat, muhabbat va cheksiz ishtiyoq yotadi. Muzeyimiz tarixi ana shu qat’iyat va g‘ayratdan, shokoladga bo‘lgan chuqur mehrdan boshlanadi.
- Shokolad Muzeyi – bu oddiy muzey emas. Bu yer sizni sehrli olamga, shokoladning rang-barang va mazmunli tarixiga sayohatga olib chiqadi. Muzeyning asosiy maqsadi har bir mehmonga shokolad olamining tarixi, san’ati va sehrini namoyish etish, ularga unutilmas taassurotlar ulashishdir. Biz shokoladni nafaqat shirinlik sifatida, balki san’at, madaniyat va tarixiy voqelik sifatida ko‘rsatishga harakat qildik.
- Bugungi kunda siz bu tarixiy voqealarni nafaqat eshitishingiz, balki shokolad ko‘rinishida ko‘rishingiz mumkin. Muzeyimizda O‘zbekistonning eng mo‘jizaviy inshootlari – Registon, Tilla-Qori madrasasi va boshqa durdonalar shokoladdan yasalgan holda namoyish etiladi. Shu bilan birga, Parijning Eyfel minorasi, Rimdagi Kolizey, Hindistondagi Toj Mahal kabi jahonga mashhur arxitektura namunalari ham shokoladda mujassam topgan.
- Eng ajablanarlisi – bu san’at asarlarini yaratishda faqat tabiiy va haqiqiy shokoladdan foydalanilgan. Ustalar har bir detaldan mohirlik bilan foydalanib, ularni hayotiy ko‘rinishda ifodalashgan. Ushbu eksponatlar faqat ko‘rish uchun emas, balki shokolad san’atining qanday yuqori cho‘qqiga chiqqanini his qilish uchun ham xizmat qiladi.
- Bundan tashqari, mehmonlar uchun shokolad tayyorlash ustaxonalari, bolajonlar uchun interaktiv o‘yinlar, shokoladni tatib ko‘rish seanslari va foto zonalar tashkil etilgan. Siz bu yerda o‘z qo‘lingiz bilan shokolad tayyorlash, uni bezash va o‘ziga xos shirinlik yaratish imkoniga ega bo‘lasiz.
- Shokolad Muzeyi – bu shunchaki ko‘rgazma emas, bu – his, bu – quvonch, bu – oila bilan o‘tkazilgan unutilmas vaqt, bu – bolalik orzularining ro‘yobi. Biz sizni shokolad sehrini his etishga, tarix va san’at bilan uyg‘unlashgan bu mo‘jizaviy dunyoga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Har bir tashrif sizning qalbingizda shirin xotira bo‘lib qolishiga ishonchimiz komil!
